So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Belarusda o'ndan ortiq futbol klubining muxlislari mamlakatdagi siyosiy vaziyatdan noroziligini bildirib, o'z jamoalari o'yinini boykot qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129
Bir nechta Belarus klubining muxlislari o'z jamoalari o'yiniga borishdan bosh tortganini e'lon qildi.
BATE, «Shaxtyor Soligorsk», «Slutsk, «Neman», «Molodechno», «Vitebsk», «Minsk», «Torpedo Belaz», «Torpedo Minsk» va «Dinamo Brest» klublari muxlislari boykot e'lon qilgan. Bunga sabab sifatida mamlakatdagi siyosiy vaziyat ko'rsatilgan.
"Biz, «Shaxtyor» fan-klubi vakillari mamlakatdagi vaziyatdan tashvishdamiz. Hech kim qotillik va zo'ravonlik uchun javobgarlikni o'z bo'yniga olmayapti, sudyalar konstitutsiya va qonunlarga tupurmoqda, tizim esa inson hayoti hamda taqdirini bir pulga olmayapti.
Biz jamoani stadiondan faol qo'llab-quvvatlashni to'xtatamiz. Biroq yigitlar, shuni biling — biz har doim yoningizdamiz! «Jive Belarus!», — deyiladi «Shaxtyor Soligorsk» muxlislari murojaatida.
Eslatib o'tamiz, 2020 yil avgustda bo'lib o'tgan prezidentlik saylovlaridan keyin mamlakatda ommaviy norozilik kayfiyati yuzaga keldi. Belarusda avgust oyida norozilik namoyishlari va namoyishchilarni qo'llab-quvvatlash uchun chiqishlar bo'lib o'tgandi.
Ma'lumot uchun, BATE safida Shahboz Umarov, «Shaxtyor Soligorsk»da esa Shahzod Ubaydullaev kabi o'zbekistonlik futbolchilar to'p suradi.