«Turon» taqdimot marosimi 7-mart kuni "O'zbekiston" o'yingohida o'tkazadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 178

Xabaringiz bor, "Turon" futbol klubi yangi mavsumdan Coca Cola Superligasida ishtirok etadi. Shu munosabat bilan joriy yilning 7-mart kuni "O'zbekiston" o'yingohida mavsumoldi taqdimot marosimi tashkil etiladi.
Taqdimot marosimida tarkibga yangi jalb etilgan futbolchilarni tanishtiruv jarayoni, mavsum davomida foydalaniladigan liboslar taqdimoti, jamoaviy fotosessiyalar o'tkaziladi. Shuningdek, mazkur marosim davomida klubimiz murabbiylar shtabi ishtirokida mavsumoldi matbuot anjumani ham tashkil etiladi.
Shu kuni soat 14:00 da boshlanadigan taqdimot marosimiga barcha ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlarni taklif etib qolamiz!
"Turon" futbol klubi matbuot xizmati
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
205