UzBarca.Com - Barcelona Uzbekistan!
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
O'FA mutasaddilari Chexiya futbol federatsiyasida bo'lishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1640

Xabaringiz bor, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan Evropaning futboli rivojlangan mamlakatlar futbol federatsiyalari bilan yaqin aloqalar o'rnatib, o'zbek futboli rivoji yo'lida ularning boy tajribasidan unumli foydalanish maqsadida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirib kelishmoqda. Jumladan, O'FA 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonovning maslahatchisi San'at Sharipov, Terma jamoalar departamenti direktori Sharofiddin Hojiniyozov Gretsiya va Germaniya futbol federatsiyalari vakillari bilan uchrashib, hamkorlik bo'yicha kelishuvga erishishgani haqida avval xabar berib o'tgandik. Bugun O'FA mutasaddilari Chexiya futbol federatsiyasida bo'lishdi. U erda Chexiya futbol federatsiyasi mintaqaviy akademiyalar bilan ishlash bo'limi boshlig'i, Chexiya futbolining o'tmishdagi yulduzi, terma jamoaning sobiq futbolchisi Karel Poborskiy va Murabbiylar ta'limi departamenti direktori Lukash Rujichka bilan uchrashishdi. Karel Poborskiyni futbol muxlislari "Benfika", "Latsio", "Manchester Yunayted" kabi jamoalardagi faoliyati orqali yaxshi tanishadi. U Chexiya terma jamoasi tarkibida 118ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol kiritishga ham muvaffaq bo'lgan. 1996 yil Evropa chempionatida vitse-chempionlikka erishgan. Uchrashuv davomida Chexiyada yo'lga qo'yilgan bolalar futboli tizimi, akademiyalar ish tartibi muhokama qilindi va bu tajribani O'zbekistonda qo'llash masalalari gaplashib olindi. Shuningdek, kelgusida ikki mamlakatning U-15, U-17 terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik o'yinlari o'tkazish bo'yicha ham kelishuvga erishildi. Bundan tashqari, Lukash Rujichka Toshkentga tashrif buyurib, mamlakatimizdagi bolalar va o'smirlar futbol akademiyalari murabbiylari malakasini oshirish bo'yicha turli seminarlar va o'quv kurslari o'tkazishga va'da berdi. Kelasi yilning may oyida Chexiyada yoshlar terma jamoalari ishtirokida Xalqaro musobaqa bo'lib o'tadi. Chexiya futbol federatsiyasi tomonidan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ham mazkur musobaqaga taklif etildi. Uchrashuv yakunida Chexiya futbol federatsiyasi vakillariga esdalik sovg'alari berildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!