So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Rimdagi jang. “Milan“ safardagi o'yinlarda tengsiz, “Roma“ esa eng yaxshi uy jamoasi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 160
Qish, fevral oyining oxiri boshlangan haftaning esa yakunida kuchli 5 lik chempionatlaridagi navbatdagi tur bahslari ancha qizg'in, shiddatli va murosasiz o'tmoqda. Mana shunday shavqli qarama-qarshiliklardan biri bugun Rimdagi, Olimpiko o'yingohida bo'lib o'tadi. Unda Chempionlik uchun jiddiy da'vogar “Milan“ hamda so'ng 6 mavsumdan buyon A tseriyada sovrinli o'rinlardan joy olib kelayotgan “Roma“ jamoalari o'zaro to'qnash kelishadi.
“Roma“
Har doim Italiyaning grand jamoalari qatorida e'tirof etiladigan jamoa, mavsumlar oralig'idagi, daraja va saviya jihatidan barqarorlikni saqlab turish bobida ancha yaxshi tajribaga ega. Rimliklar ketma-ket 7 mavsumdan buyon chempionati eng kamida xalqaro maydon yo'llanmasi bilan, ko'pida vitse chempionlik bilan yakunlashmoqda. Bu umumiy natijalarning yaxlit va bir tekis ekanligidan darak beradi.
“Roma“ ushbu mavsum 44 ochko bilan beshinchi o'rinda bo'lsa ham, hali imkoniyatlar etarli. Boisiki, hatto ikkinchi o'rindagi jamoa bilan bilan o'rtadagi farq uncha ko'p bo'lmagan 5 ochkoni tashkil etadi. Shu sababli, aytish mumkinki muxlislar Italiy chempionatdagi o'ziga xos kurashlardan eng so'nggi turlarga qadar bahramand bo'lishadi. Boshqa tarafdan “Bo'rilar“ hozirda Evropa Ligasida ham ishonchli o'yin namoyish etishmoqda. Ular 1/16 bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab, keyingi bosqichga muammosiz o'tishgan, raqib esa Shaxtyor.
Demakki, rimliklar uchun UEFA sovriniga etaklovchi eshiklar hozircha ochiq. O'z navbatida bugungi o'yin “Roma“ning turnir jadvalidagi o'rniga sezirarli ta'sir ko'rsatishi mumkin. Ya'ni, Paulo Foneska shogirdlari milanliklarni taslim etishadigan bo'lsa, ochkolari sonini 47 taga oshirib uchinchi pog'onaga ko'tarilib olishlari mumkin.
Uchrashuvdan avval jamoa bir muncha yo'qotishlarga uchraganligini ham qayd etish joiz. Hisobidagi 7 gol bilan jamoaning uchinchi to'purari bo'lib turgan Edin Jeko kutilmaganda orttirib olgan jarohati sabab bugungi o'yinda ishtirok eta olmaydi. Shuningdek himoyachi Ibianes ham Braga bilan o'yinda olgan jarohati tufayli bahsni o'tkazib yuboradi. Yana bir himoyachi Kris Smolling esa, oyning boshida olgan jarohatidan tiklanib olgunicha yo'q.
“Milan“
Mavsumni ancha yuqori tempda boshlagan “Milan“ mavsum yakuniga kelib, jilovni biroz bosh qo'yib yubormoqda. Jamoa eng muhim o'yinlarda ochko yo'qotmoqda hatto, “Inter“ga qarshi dastlabki derbida imkoniyatni boy berib Italiya kubogini tark etdi, chempionat doirasidagi ko'p ehtimol chempionlik o'yinda ham mag'lubiyatga uchrab peshqadamlikni boy berdi. O'z navbatida “qizil-qoralar“ ham bugungi raqiblari singari ikki frontda jang olib borishmoqda. Faqat ularning “missiya“si “Roma“nomidan biroz mushkulroq. Sababiki, klub Evropa Ligasida g'alaba qozonish yo'lida “Manchester Yunayted“ni dog'da qoldirishi darkor.
A tseriyada esa uzoq yillik tanaffus va mavsum boshidan beri to'kilgan ter uchun ham “skuddetto“ni qo'lga kiritishni maqsad qilgan. Bordiyu, Stefano Pioli jamoasi bugun ham mag'lubiyatga uchrasa, chempionlik nashidasidan mosuvo bo'lishi, katta ehtimol. Nega deganda, na ta'qibchilar va na birinchi o'rindagi peshqadam qoniqarsiz natija ko'rsatayotgani yo'q, hozircha. Yo'qotishlar borasida Piolida vaziyat ancha yumshoq. desa ham bo'ladi. Ushbu qarama-qarshilikda milanliklarga faqat ikki futbolchi, Ismail Bennasir hamda Mario Mandjukichlar mushaklardagi jarohat tufayli yordam bera olishmaydi.
Tahminiy tarkiblar
“Roma“: 13 Pau Lopes, 4 Brayan Kristante, 20 Federiko Fasio, 23 Djanluka Manchini, 2 Rik Karsdorp,
7 Lorentso Pellegrini, 14 Gonsalo Vilyar,
17 Jordan Veretu, 37 Leonardo Spinatstsola,
77 Genrix Mxitaryan, 21 Borxa Moyoral,
Bosh murabbiy: Paulu Fonseka
“Milan“: 99 Janluidji Donnarumma,
2 Davide Kalabriya, 13 Alessio Romanoli, 19 Teo Ernandes, 24 Simon Ker,
8 Sandro Tonali, 10 Xakan Chalxanoglu, 12 Ante Rebich
56 Aleksis Salemakers,
79 Frank Kesse, 11 Zlatan Ibragimovich.
Bosh murabbiy: Stefano Pioli
Raqamlar
“Roma“ so'nggi 5 o'yinning uchtasida g'alaba, bittasida durang va bittasida mag'lubiyat qayd etgan bo'lsa, “Milan“ o'tkazilgan oxirgi 5 uchrashuvning bor yo'g'i bittasida g'alaba qozongan xolos. Qolgan to'rtta bahsning ikkitasi durang yana ikkitasi esa mag'lubiyat bilan yakunlangan.
Tomonlar barcha musobaqalarda o'zaro 50 marotaba ro'baru kelishgan bo'lib, shundan 16 o'yinda “Milan“ning qo'li baland kelgan bo'lsa, 17 ta bahsda “Roma“ zafar quchgan. Yana 17 uchrashuv esa durang bilan nihoyasiga etgan.
Ko'rinib turganidek o'rtada katta tafovut mavjud emas. Bu ikkilala jamoaning har qachon bir-biriga munosib qarshilik ko'rsata olganidan dalolat beradi. Yana bir e'tiborli jihati “Roma“ ushbu mavsum A tseriyada o'z maydonida eng ko'p ochko(30) jamg'argan jamoa bo'lib turgan bo'lsa, “Milan“ mehmonda eng ko'p ochko to'plagan jamoa maqomida. Ajabmaski, ushbu faktor ham o'yin uchun yaxshigina introgani ta'minlab bersa. Shunday ekan bugun tunda “Olimpiko“ “Kolizey“ maydoniga aylanadi deb mubolag'a qilsak ham o'rinli bo'lar?
Dadajon Foziljonov tayyorladi
Manba: stadion.uz