APL. Markaziy o'yinda durang qayd etildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 160

Angliya chempionatining 26-turidan o'rin olgan "Chelsi" va "Manchester Yunayted" jamoalari o'rtasidagi markaziy uchrashuv yakuniga etdi. Butun o'yin davomida hisob ochilmadi.
Uchrashuv davomida jamoalardan 2tadan golga tortadigan vaziyat yuzaga keldi. Ziesh va Kovachichning zarbalarini De Xea qiyinchilik bilan bo'lsa-da qaytarishga muvaffaq bo'ldi. O'z navbatida "Chelsi" posboni Eduard Mendi raqib futbolchisi Maktomineyning zarbasini qaytargan bo'lsa, Fredning zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.
Shu tariqa, har ikki jamoa ikki ochkodan yo'qotishdi.
APL, 26-tur
Chelsi – Manchester Yunayted 0:0 (0:0, 0:0)
Chelsi – Mendi, Aspilikueta, Kristensen, Ryudiger, Chiluell, Ziesh, Kovachich, Maunt, Kante, Xadson-Odoi, Jiru.
Manchester Yunayted – De Xea, Lindelef, Shou, Uan-Bissaka, Maguayr, Brunu Fernandesh, Jeyms, Fred, Maktomini, Reshford, Grinvud.
Ogohlantirishlar: Fred (50), Chiluell (62), Maguayr (79).

Bosh sahifaga
258