So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Beyl: «Asta-sekin optimal formaga kirib boryapman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 136
"Tottenxem" yarim himoyachisi Garet Beyl Angliya chempionatining 26-turi doirasida bo'lib o'tgan "Byornli"ga qarshi uchrashuvda 2ta gol va bitta uzatma muallifiga aylandi.
"Yaxshi o'yin o'tkazdik, asta-sekin optimal formaga kirib boryapman. Maydonda o'zimni yaxshi his qilyapman, formam tiklanyapti. Jamoaga yordam berganimdan xursandman.
Ishlashda davom etishimiz kerak. Men ko'pchilik tanqid qilganidan xabarim bor, ammo ammo e'tiborni ishga qaratish uchun tajribaga egaman.
Keyn va Son Xyong Min tufayli men bu jamoaga keldim. Men aynan shuni istagandim. Umid qilaman, ushbu g'alaba tufayli o'zimizga ishonch hosil qilamiz. Futbolda hamisha ham adolat qaror topavermaydi. Hamisha tanqidlar bo'ladi, lekin biz oldinga intilamiz", – dedi Beyl.