O'rtoqlik uchrashuvi. «Dinamo» Muborakda «Mash'al»ga mag'lub bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 146

Pro liga yangi mavsumiga tayyorgarlik ko'rayotgan «Dinamo» jamoasi bugun, 28 fevral kuni Muborakda Superliga ishtirokchisi «Mash'al»ga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazdi.
Ushbu bahsda ikki jamoa bosh murabbiylari Dilyaver Vaniev va Hakim Fuzaylov bir qator futbolchilarni sinovdan o'tkazishdi. Uchrashuvning dastlabki bo'limida Murtazoevning dubli va Qo'zievning goli Muborak klubi g'alabasini ta'minladi – 3:0.
Ikkinchi bo'limda ikki jamoa ham tarkibda katta o'zgarishlarni amalga oshirdi va yakunda hisob o'zgarmadi.
28 fevral (yakshanba).
O'rtoqlik uchrashuvi. Muborak.
«Mash'al» - «Dinamo» - 3:0
Gollar: Humoyun Murtazoev, 3, 27, Siroj Qo'ziev 45.
«Mash'al»: Shoxruh Eshbo'taev, Jamoliddin Ubaydullaev, Zafar Akramov, Muhammadali Yo'ldoshev, Sardor Abduraimov, Siroj Qo'ziev, Samandar Shukurillaev, Ukeme Uilyams , Shahzod Shaymanov, Ifiani Ifiani, Humoyun Murtozaev.
Zaxira tarkibi: Botir Nosirov, Abdumalik Norqobilov, Zoir Tursunov, Jasur Qurbonov, Ibi Okoro, Samuel Ononivu, Doniyor Usmonov, Feruz Muyinov, Abdulaziz Yakubov, Muslim Qurbonov.
«Dinamo»: Farhod Rahmatov, Obid Jo'raboev, Dmitro Sidorenko, G'olib Sariboev, Komil Sharofutdinov, Oleg Marchuk, Timur Hakimov, Shoxruh Abdurahmonov, Jasur Hasanov, Sardor Eminov, Mixaylo Udod.
Zaxira tarkibi: Dilshod Hamroev, Muhammadqodir Hamraliev, Islom Sharipov, Humoyun Sherbo'taev, Siroj Meliev, Islom Sharipov, Akmal Kozimov, Temur Usmonov.

Bosh sahifaga
251