«Arsenal» hujumchisi «Monako» qiziqish doirasiga tushgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 169

Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Aleksandr Lyakazett Frantsiyaning «Monako» klubi qiziqish markaziga tushgan.
Bu haqda Mirror xabar beradi. Frantsiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2022 yilgacha amal qiladi. Hozircha unga «kononirlar» yangi bitim taklif qilganicha yo'q. Agar Lyakazettning taqdiri shu holatda noma'lumligicha qoladigan bo'lsa «Monako» «Arsenal»ga konkret taklif jo'natadi.
Ma'lumot uchun 29 yoshli Lyakazett joriy mavsum 29 ta o'yinda maydonga tushib 10 gol va 3 assistni qayd etgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
193