OKMK futzalchisi Timur Berdiev avtohalokatga uchrab vafot etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 140

Futzal bo'yicha OKMK futzal jamoasining 26 yoshli o'yinchisi Timur Berdiev avtohalokatga uchrab vafot etdi. Bu haqdagi ma'lumotni «Daryo» manbasi tasdiqladi.
Manbaning tasdiqlashicha, futzalchi 2021 yil 27 fevral, shanba kuni Andijondan Toshkentga Matiz avtomashinasida yo'lovchi sifatida qaytayotgan bo'lgan. Qamchiq dovonida esa Matiz, Nexia va Tico avtomobillari yo'l transport hodisasini vujudga keltirgan. Ushbu to'qnashuv oqibatida Timur Berdiev vafot etgan. Tico’da bo'lgan bir nafar yo'lovchi esa tan jarohati olgan. Hodisaning boshqa tafsilotlari hozircha ma'lum emas
Ma'lumot uchun, Timur Berdiev 1995 yil tavallud topgan. Uning futzaldagi faoliyati havaskorlar ligasida boshlangan va «Ardus», «Paxtakor» va OKMK futbol klublari safida to'p surgan. Professional futbol ligasi matbuot xizmati xabariga ko'ra, Berdiev 2021 yil qishki transferlar oynasida Bishkekning «Farvater» jamoasiga o'tishi rejalashtirilgan edi.

Bosh sahifaga
192