Sancho — Bundesliga tarixidagi 50ta assistni amalga oshirgan eng yosh futbolchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 138

"Borussiya Dortmund" yarim himoyachisi Jeydon Sancho Germaniya chempionatining 23-turi doirasida bo'lib o'tgan "Arminiya"ga qarshi o'yinda bitta gol urdi va bitta golga uzatma berdi.
Angliyalik futbolchining Bundesligadagi assistlari soni 50taga etdi. U Germaniya chempionatida ushbu marrani zabt etgan eng yosh futbolchiga aylandi (20 yoshu 11 oylik).
Sancho Bundesliga doirasida 99ta uchrashuvda maydonga tushib, "gol+pas" tizimi bo'yicha 86 (36+50) ochko jamg'argan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
197