So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Negredoga qarshi hushyor o'ynashga intilamiz» – Shota Arveladze
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 8712

Osiyo chempionlar ligasi 3-saralash bosqichi doirasida "Paxtakor" Birlashgan Arab Amirliklarida "An-Nasr" klubi mehmoni bo'ladi. Bugun "sherlar" bosh murabbiyi Shota Arveladze va Egor Krimets matbuot anjumanida ishtirok etishdi.
“Negredoga qarshi hushyor o'ynashga intilamiz. Shunga harakat qilamiz. Xalqaro tajribamizdan foydalanishga urinib ko'ramiz.
Bunday musobaqada o'ynaganda hamisha muvaffaqiyat sari intilish zarur. Ertaga esa bir o'yindan iborat to'qnashuvda buni uddalashga urinamiz.
Bu jamoa ilgari O'zbekiston klublari bilan o'ynagan, ammo ular bir necha yil oldin kechgan. Bizni kutib turgan bellashuvda buning ahamiyati yo'q. Ertaga zafar quchish lozim bo'lgan odatiy uchrashuvni o'tkazamiz. Unda aynan qanday o'ynashimiz o'yinning borishi va raqibga ham bog'liq. Imkoni boricha "Nasr"ning kuchsiz taraflaridan foydalanishga intilamiz.