«Ufa» bosh murabbiyi: «Oston O'runov «Ximki»ga qarshi o'yinda jamoaga emas, o'ziga kerakli ishlarni qildi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 185

«Ufa» bosh murabbiyi Rashid Rahimov RPL 20-turi doirasida «Ximki»ga qarshi kechgan o'yinda (1:2) nima sababdan Oston O'runovni zaxiradan maydonga tushirganini izohladi.
«Oston individual jihatdan kuchli futbolchi. Hozircha O'runov biz nima qilayotganimizni u qadar yaxshi bilmaydi. Mazkur o'yindagi ko'plab vaziyatlarda u jamoaga emas, o'ziga kerakli ishlarni qildi. Va bu mutlaqo normal holat.
U bilan gaplashib olish zarur. Agar u 90 daqiqa davomida o'z vazifasini qoyilmaqom bajarsa, albatta, maydonda paydo bo'ladi», — deydi Rahimov.
Eslatib o'tamiz, 20 yoshli o'zbekistonlik futbolchi «Spartak»dan ijara asosida «Ufa» safiga qaytdi. Ufaliklarni Ostonni sotib olish huquqi bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
286