So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Egor Krimets: «Biz bu o'yinga jiddiy tayyorgarlik olib bordik»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 11407

Osiyo chempionlar ligasi 3-saralash bosqichi doirasida "Paxtakor" Birlashgan Arab Amirliklarida "An-Nasr" klubi mehmoni bo'ladi. Bugun "sherlar" bosh murabbiyi Shota Arveladze va Egor Krimets matbuot anjumanida ishtirok etishdi.
«Biz bu o'yinga jiddiy tayyorgarlik olib bordik. Avvalgi haftada Iroq jamoasini mag'lubiyatga uchratdik. Guruh bosqichiga yo'llanma olish uchun endi navbatdagi bellashuvda g'olib chiqishimiz kerak. Biz buni uddalashga intilamiz. Oldimizga yutuqqa erishish maqsadini qo'yganmiz.
BAA klublari va terma jamoalari bilan xalqaro musobaqalarda juda ko'p marta to'qnash kelganmiz. Shu sababli ularning uslubidan xabardormiz. Raqibning o'yinlarini kuzatdik. Ularning kuchsiz va kuchli taraflarini o'rgandik. Ertaga bizni qiziqarli o'yin kutib turibdi deb o'ylayman», -deydi Krimets.