Liga-1. «PSJ» «Dijon»ning jonini ko'ziga ko'rsatib qo'ydi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 223

Bugun Frantsiya chempionatining 27-turiga start berildi. «PSJ» safarda «Dijon» klubi mehmoni bo'lib, yirik hisobda g'alaba qozondi.
Bahsning 6-daqiqasidayoq Moyze Kin hisobni ochdi. Kilian Mbappe 32-daqiqada penaltidan jamoasining ikkinchi golini urgan bo'lsa, ikkinchi taym boshida u "dubl"ni rasmiylashtirdi. Bahs tugashiga 8 daqiqa qolganida esa Danilu Pereyra hisobni 0:4 ko'rinishiga keltirdi.
"Pari Sen-Jermen" ushbu g'alaba tufayli o'z ochkolarini 57taga etkazib, jadvalda 2-o'ringa ko'tarildi.
Frantsiya chempionati, 27-tur
Dijon – PSJ 0:4 (0:2, 0:2)
Gollar: 0:1 – 6 Kin, 0:2 – 32, penalti Mbappe, 0:3 – 51 Mbappe, 0:4 – 82 Danilu Pereyra.
Dijon – Rachoppi, Kulibali, Muzinga, Boe, Panzo (Dobre, 61), Ebimbe (Sammaritano, 75), Tselina, Balde, Diop (Mare, 71), Ekyuel-Manga, Konate (Assale, 61).
PSJ – Navas, Diallo, Kerer, Markinos, Kimpembe, Danilu Pereyra (Mishyu, 89), Errera, Rafinya (Guye, 82), Draksler, Kin (Sarabiya, 72), Mbappe.
Ogohlantirishlar: Ebimbe (25), Tselina (31), Kin (34).

Bosh sahifaga
237