Bokschi yigitlarimiz «Stranja-2021» turnirida umumjamoa hisobida birinchi bo'lishdi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 177

22 fevral kuni Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida start olgan an'anaviy "Stranja" xalqaro turniri bugun, 27 fevral kuni o'z yakuniga etdi.
Bahslarda jahonning 30 ga yaqin mamlakatidan bokschilar sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borishdi. Xabar berganimizdek, ushbu musobaqada O'zbekiston terma jamoasi vakillari ham ishtirok etishdi.
Bugun nihoyasiga etgan musobaqa yakunlariga ko'ra, O'zbekiston erkaklar terma jamoasi 3 ta oltin, 2 ta bronza medalini qo'lga kiritgan holda, erkaklar o'rtasida umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashdi. Ikkinchi o'rinni mezbon Bolgariya egallagan bo'lsa, Ukraina terma jamoasi kuchli uchlikka yakun yasadi.
Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz yurtimizga medal bilan qaytadigan bo'lishdi:
Oltin:
-69 kg: Bobousmon Boturov
-81 kg: Dilshodbek Ro'zmetov
+91 kg: Bahodir Jalolov
Bronza:
-52 kg: Shahobiddin Zoirov
-63 kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev.
-69 kg: Navbahor Hamidova
O'zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

Bosh sahifaga
238