«Bavariya» Musiala bilan shartnomani uzaytirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 177

«Bavariya» klubi yarim himoyachisi Jamol Musiala kecha 18 yoshga to'ldi va jamoa u bilan shartnomani uzaytirdi.
"Bild" tarqatgan xabarga ko'ra, tomonlar kelishuvni 5 yilga uzaytirishdi. Yangi shartnoma bo'yicha futbolchi yiliga 5 mln evro maosh ola boshlaydi.
Musiala 2019 yilning iyul oyidan buyon «Bavariya» a'zosi hisoblanadi. Yarim himoyachi joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 24ta uchrashuvda maydonga tushib, 4ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
262