Mourino: «Beyl «Tottenxem»ga kelganidan buyon eng yaxshi formasiga kirdi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 185

«Tottenxem» bosh murabbiyi Joze Mourino jamoa yarim himoyachisi Garet Beyl haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Beyl har doimgidan ham baxtliroq, o'ziga ishongan holda ko'rinmoqda. Buni mashg'ulotlarda sezish mumkin. Unda o'ziga bo'lgan ishonch qaytdi. Chorshanba kungi o'yinda ham bu holat ko'rindi. Qo'rquv va salbiy hissiyotlarga ega futbolchi hech qachon bunday zarba bermagan bo'lardi. Buning uchun yaxshi holatda bo'lish kerak. U "Tottenxem"ga qaytganidan buyon eng yaxshi formasiga kirdi.
Biz unga ishonamiz. Biz uning tajribasiga va o'yinni tahlil qilish qobiliyatiga ishonamiz. Barcha unga yaxshi bo'lishini istaydi. Uning uchun eng yaxshisi — «Tottenxem» uchun yaxshisidir», — dedi Mourino.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
262