Xavi murabbiylik faoliyatidagi beshinchi sovrinni qo'lga kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 210

Xavi boshqaruvidagi Qatarning "As-Sadd" klubi yangi sovrinni qo'lga kiritdi. Dohaliklar bu safar Qatar valiahd kubogini qo'lga kiritishdi. "As-Sadd" finalda "Duhayl" klubini 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Xavi uchun mazkur Kubok Qatardagi beshinchi sovrin bo'ldi. 2019 yildan buyon "As-Sadd"ni boshqarayotgan mutaxassis ikkinchi marta Valiahd kubogida g'olib chiqqan bo'lsa, avvalroq Qatar chempionati, Qatar Amiri kubogi va shayx Jassim kubogini qo'lga kiritgan edi.
"As-Sadd" Qatar yulduzlar ligasining joriy mavsumida peshqadamlik qilmoqda. Jamoa yaqin ta'qibchisini 13 ochko ortda qoldirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
294