So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
"Navbahor" nazorat uchrashuvida "Andijon"dan ustun keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 110
“Navbahor” – “Andijon” – 2:0 (0:0)
Hakamlar: Muzaffar Mamatxonov, Islomjon Nosirov, Abdurahim Jabborov.
Gollar: Marko Putinkanin (53), Shohruh Mahmudhojiev (85).
“Navbahor”: O'tkir Yusupov, Davron Hoshimov, Igor Golban, Nikola Tasich, Mirzohid G'ofurov, Marko Putinkanin, Bahrom Abdurahimov, Quvondiq Ro'ziev, Ivan Solovyov, Slavisha Stoyanovich, Zabihillo O'rinboev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Rahimjon Davronov, Farhod Mirahmatov, Sherzod G'ulomjonov, Azimjon Ahmedov, Islombek Isoqjonov, Husayn Ergashboev, Sardor Telyakov, Shohruh Mahmudhojiev, Ehsoni Panshanbe, Xushnud Avilov, Temur Nabiev, Abbos G'ulomov.
“Andijon”: Nizomiddin Ziyovuddinov, Usmonali Ismonaliev, Plamen Dimov, Ibrohim Otaxonov, Sunnatilla Hamidjonov, Muhammad Isaev, Diyor Rahimqulov, Kamron Saidazimov, Farhod Sohibjonov, Doniyor Ismoilov, Abdulhay Ismoilov.
Zaxiradagilar: Jasur Umrzoqov, Javohir Qilichev, Kamron Najafaliev, Abdug'ani Kamolov, Mardon Abdullaev, Baxtiyor Qosimov, Muhammadkarim Toirov, Doniyor Abdumannopov.
Chetlatishlar: Ibrohim Otaxonov, Kamron Najafaliev (“Andijon”).
Yangi mavsum tayyorgarligini Namanganda davom ettirayotgan “Navbahor” jamoasi bugun “Andijon” klubiga qarshi navbatdagi nazorat o'yinini o'tkazdi. Namangan shahar, Davlatobod tumanidagi “Markaziy” o'yingohning zaxira maydonida bo'lib o'tgan bahs “lochinlar”ning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
“Navbahor” futbolchilari o'yinning dastlabki daqiqalaridan tashabbusni qo'lga olib, ketma‑ket hujumlar uyushtirishdi va Zabihillo O'rinboev hamda Quvondiq Ro'zievning kuchli zarbalarini “Andijon” darvozaboni qaytardi.
25‑daqiqada “Navbahor” tarkibida majburiy o'zgarish amalga oshirildi: jarohat olgan Bahrom Abdurahimov o'rniga Ehsoni Panshanbe maydonga tushdi. Oradan bir daqiqa o'tib, Marko Putinkaninda qulay vaziyat yuzaga keldi, lekin uning zarbasiga aniqlik etishmadi. Shuningdek, Slavisha Stoyanovich ham yaratilgan imkoniyatdan foydalana olmadi.
Bir qator hujumlar uyushtirilishiga qaramay, jamoalar tanaffusga 0:0 hisobi bilan chiqib ketishdi.
Ikkinchi bo'lim boshida “Navbahor” tarkibida bir qator o'zgarishlar kuzatildi. 47‑daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shilgan Azimjon Ahmedovning zarbasidan so'ng to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi. Shuningdek, Ivan Solovyov ham o'z zarbasi bilan “Andijon” posbonining hushyorligini sinab ko'rdi.
53-daqiqada o'yinda hisob ochildi. Marko Putinkanin “Andijon” darvozasini ishg'ol qildi – 1:0.
Oradan hech qancha muddat o'tmay, Slavisha Stoyanovich ketma‑ket ikkita qulay vaziyatga chiqdi, ammo ulardan foydalanishda serbiyalik futbolchiga aniqlik etishmadi.
Uchrashuvning qolgan qismida ham ustunlikni o'z tomonida saqlab qolgan “lochinlar” 85‑daqiqada raqib jamoa darvozasiga ikkinchi to'pni kiritishdi.
Shohruh Mahmudhojiev jarima zarbasini ajoyib tarzda amalga oshirib, hisobdagi farqni oshirdi – 2:0.
Ta'kidlash joizki, o'yinning so'nggi daqiqalarida “Andijon”ning ikki futbolchisi Ibrohim Otaxonov va Kamron Najafaliev qizil kartochka olib, maydondan chetlatildilar.
Uchrashuv 2:0 hisobida jamoamizning g'alabasi bilan yakunlandi.