Evropa ligasi. Nimchorak final bosqichi qur'asi haqida batafsil ma'lumot
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 255
59
Evropa ligasi musobaqasining 1/16 final bosqichidan o'rin olgan barcha o'yinlar yakuniga etib, nimchorak finalga chiqqan 16 jamoaning nomi aniq bo'ldi. Bugun musobaqaning 1/8 final bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Tadbir haqida batafsil ma'lumot berib o'tamiz.
Qachon va qaerda?
Qur'a tashlash marosimi 26 fevral, juma kuni UEFA qarorgohi joylashgan Shveytsariyaning Non shahrida bo'lib o'tadi. Tadbir Toshkent vaqti bilan 17:00da boshlanadi.
Qaysi jamoalar ishtirok etadi?
Evropa ligasi nimchorak final bosqichiga Angliyaning 3ta, Ispaniya, Italiya va Ukrainaning 2tadan klublari etib kelishdi.
"Arsenal" (Angliya)
"Ayaks" (Niderlandiya)
"Vilyareal" (Ispaniya)
"Granada" (Ispaniya)
"Dinamo" Zagreb (Xorvatiya)
"Dinamo" Kiev (Ukraina)
"Manchester Yunayted" (Angliya)
"Milan" (Italiya)
"Molde" (Norvegiya)
"Olimpiakos" (Gretsiya)
"Reyndjers" (Shotlandiya)
"Roma" (Italiya)
"Slaviya" (Chexiya)
"Tottenxem" (Angliya)
"Shaxter" (Ukraina)
"Yang Boyz" (Shveytsariya)
Qur'a tartibi haqida
Qur'adan oldin jamoalar savatchalarga ajratilmaydi. Bir mamlakat vakillari o'zaro to'qnash kelishi mumkin. Birinchi shardan chiqqan klub ikkinchi tortilgan jamoa bilan juftlik hosil qiladi. Uchinchi — to'rtinchi bilan va hokazo.
Taqvim
Nimchorak final bosqichining dastlabki o'yinlari 11 mart, javob uchrashuvlari 18 mart kuni o'tkaziladi. Bahslar Toshkent vaqti bilan 22:55 va 01:00ga qo'yiladi. Chorak final va yarim final qur'a tashlash marosimi 19 mart sanasiga belgilangan.

Bosh sahifaga
217