«Stranja-2021». Uch bokschimiz yarim finalga chiqishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 164

Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo'yicha "Stranja" xalqaro turniri davom etmoqda.
Kecha musobaqaning chorak final bosqichi doirasida olti nafar o'zbekistonlik bokschi jang o'tkazdi. Uch nafar vakilimiz yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritishgan bo'lsa, yana 3 nafari turnirni medalsiz yakunlaydigan bo'lishdi.
Natijalar bilan tanishing:
-60 kg: Rayhona Qodirova - Mira Potkonen (Finlyandiya) 0:5
-75 kg: Navbahor Hamidova - Ani Xovsepyan (Armaniston) 5:0
+91 kg: Bahodir Jalolov - Berat Achar (Turkiya) 5:0
-51 kg: Tursunoy Rahimova - Lukas Angelina (Qozog'iston) 0:5
-57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov - Xaver Ibanes (Bolgariya) 0:5
-52 kg: Shahobiddin Zoirov - Entoni Errera (AQSh) 5:0
O'zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

Bosh sahifaga
204