So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Davron Fayziev: «Buxoro»dan ketish niyatim yo'q»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 130
Bugun «Buxoro» klubi atrofida bo'lib turgan turli xil gap so'zlarga oydinlik kiritish maqsadida bosh murabbiy Davron Fayzievning o'zidan savollarga javob oldik.
— Jamoamizning navbatdagi Buxorodagi yig'inida ishtirok eta olmaganingiz, jamoamiz muxlislari orasida turli xil mish-mishlar urchishiga sabab bo'ldi. Shu haqda oydinlik kiritsangiz?
— Qisqacha gapimni muxtasar qilib aytsam, menda jamoani tark etish niyati bo'lmagan, rahbariyat bilan yaxshi aloqadaman.
Mana shu vaqtlar ichida oilaviy muammolar bo'lib o'tdi, ya'ni onamni salgina mazalari bo'lmay qoldi, bu orada bilasiz yaqinda PRO litsenziyasi o'quv-kurslarining oxirgi yakuniy bosqichi bo'lib o'tadi, nasib qilsa 15 martga qadar o'qishim ham yakunlanadi. Pandemiya sababli o'qish muddati ham cho'zilib ketgan edi. Shu sabablar bilan uyda ozgina ushlanib qoldim. Bu haqda klub rahbariyatidan 3-4 kunga ruxsat so'ragan edim.
Bu orada Anvar Berdiev klubda Davron Fayziev o'rniga bosh murabbiy bo'libdi, degan mish-mishlar chiqib ketdi, bu bo'lmagan gap!
Muxlislardan bir narsani iltimos qilardim, har xil asoslanmagan xabarlarga ishonishmasin, yordamchi murabbiy lavozimiga Anvar Berdiev variantini o'zimiz, klub rahbariyati bilan kelishib bir to'xtamga kelgan edik. Anvarning nomzodini yordamchi sifatida o'zim tanlab olganman.
Qanaqadir tushunmovchilik sababmi bilmayman, ayrim internet nashrlarda noto'g'ri ma'lumot ketib qolib, bu muxlislar orasida shubha va gumonlarni urchitgan.
Men yana bir bor jamoamiz muxlislaridan bosiqlik bilan ushbu vaziyatni to'g'ri tushunishlarini so'rardim, ularga hurmatim cheksiz.
«Istiqlol» klubiga o'z tashakkurimni bildiraman, Berdiev va Lebedevning bizga yordamga kelishlariga to'sqinlik qilmaganlari uchun. Biz hammamiz bu erga «Buxoro» jamoasini superligaga qaytarish uchun eng shimarib ishga kirishganmiz. Suhrob Qobilov va Mirislom Hasanov ham biz bilan birga o'z vazifalarini mana shu klubda davom ettirishadi. Ular klubning kelajakdagi murabbiylari hisoblanishadi, kim kelishidan qat'iy nazar ular jamoada qolishadi. Biz katta bir ahil oila bo'lib, maqsad sari intilyapmiz.
— Nega, aynan Anvar Berdiev nomzodiga to'xtaldingiz?
— Anvar Berdievni tanlashimizdan maqsad, hujum chizig'imizda vaziyatlar juda ko'p yaratilyapti, lekin undan foydalanish samarasi juda past. Bilasiz, Anvar o'z vaqtida mamlakatimizdagi iqtidorli hujumchilardan biri edi, u menga hujumchilarni tanlashda yordam beradi, qolaversa ularni malakasini oshirib boradi.
— Siz bilan suhbatni ayni damda Buxoro shahrida olib boryapmiz.
— Sizni tushundim! Ayni paytda Buxorodaman, men xech qaerga ketganim yo'q, ketish niyatim ham bo'lmagan. Faqat ayrim bir nashrlarning shoshqaloqligi bilan noto'g'ri xabarlar chiqib ketgan, xolos. Men bu erda xech qanday muammo ko'rmayapman. Nasib qilsa, biz hammamiz bir ahil oila bo'lib, bir maqsad sari intilib harakat qilamiz.