Fakt: 2020/21 yilgi mavsumda «Liverpul» markaziy himoyasida 18 xil juftlik harakat qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 238

«Liverpul» futbol klubi 2020/21 yilgi mavsumda markaziy himoya chizig'ida jiddiy muammolarga duch kelmoqda.
90Min portalining xabar qilishicha, mersisaydliklar joriy mavsumda jami 18 xil markaziy himoyachilar juftligidan foydalangan. Mavsum davomida ushbu chiziqda jami to'qqiz nafar futbolchi harakat qilgan. Ularning ikki nafari — Fabino va Jordan Henderson asli pozitsiyasi markaziy yarim himoyada bo'lsa-da, himoya chizig'ida to'p surishga majbur bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, «Liverpul»ning etakchi himoyachisi Virjil van Deyk og'ir jarohat sabab mavsum boshidan beri o'ynay olmayapti. Niderlandiyalik futbolchi 24 fevraldan yakkalik mashg'ulotlarini boshladi.
Shuningdek, mavsum davomida Jo Gomez, Joel Matip, Fabinoni ham jarohatlar bezovta qilmoqda. O'tgan haftada esa Yurgen Klopp jamoasi yana bir yo'qotishga uchradi: Henderson jarohat tufayli safdan chiqdi.
«Liverpul» Premer Liga 25-turidan keyin 40 ochko bilan 6-o'rinda bormoqda va peshqadam «Manchester Siti»dan 19 ochkoga ortda qolgan.

Bosh sahifaga
212