Videoga tushirishiga yo'l qo'yilmagan o'yinda «Surxon» «Lokomotiv»bilan jangovar durang qayd etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 183

Kecha Toshkentdagi TTYMI o'yingohida "Surxon" hamda "Lokomotiv" jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi. Hujumkor va gollarga boy o'tgan o'yinda 2:2 hisobidagi jangovar durang qayt etildi.
Dastlab, Islom Toshpo'latov "Lokomotiv" himoyachilarining xatosidan foydalanib, ajoyib tarzda hisobni ochdi. Oradan bir daqiqa o'tgandan so'ng, "Loko" futbolchilari hisobni tenglashtirishdi.
Ikkinchi bo'limda maydonga tushgan Murod Bobojonov "Surxon"ni yana hisobda oldinga olib chiqdi. Uchrashuv yakunlashiga oz qolganda G'anixonov gol kiritib hisobni tenglashtirdi.
Uchrashuvda qiziq holat ro'y berdi. Bugungi bahsni "Surxon" jamoasi video tasvirga olishiga "Lokomotiv" rahbariyati ruxsat bermadi. Qiziq?! Odatda nazorat uchrashuvlarida muxlislar va OAV kiritilmasligini eshitganmiz va ko'rganmiz. Lekin mehmon jamoa rasmiy vakili o'yinni video tasvirga olmasligi haqida birinchi marta guvohi bo'ldik (vaholanki, "Loko" o'yinni tasvirga oldi). Ko'pchilik aytishi mumkin balki ikki jamoa o'zaro shunaqa kelishgandir deb , yo'q - bunaqa kelishuv bo'lmagan edi.! Mayli, shu yo'l bilan "Loko" Osiyo arenalarida yuqori marralarni egallasa biz bundan faqat xursand bo'lamiz.
Nazorat uchrashuvi
"Lokomotiv" - "Surxon" 2:2
Gollar: Islom Toshpulatov (36), Sanjar Qodirqulov (39), Murod Bobojonov (48), Ibrohim G'anixonov (78)
"Lokomotiv": Abdumavlon Abdujalilov, Shuhrat Muhammadiev, Jaloliddin Jumaboev, Diego Bardanka, Xurshid Muxtorov, Kaxi Maxaradze, Sadriddin Abdullaev, Sanjar Qodirqulov, Javohir Sidiqov, Diyorjon Turopov, Marat Bikmaev.
"Surxon": Akrom Xodjaev, Vladimir Bubanya, Husniddin G'ofurov, Alisher Salimov, Behruz Shaydulov, Asror G'ofurov, Eldor Boymatov, Zohir Pirimov, Nuriddin Hasanov, Islom Toshpo'latov, Jasur Xolto'raev.
Zaxira: Azamat Ahmedov, Davron Merganov, Rustam Nortojiev, Javohir Esankulov, Murod Bobojonov, Jahongir Ahmadov, Temur Mamatmurodov, Nizomjon Norov, O'ral Choriev, Kamoliddin Ashurov.

Bosh sahifaga
212