Mirchi Luchesku: "Levandovski bir paytlar Ukraina chempionatida o'ynashi mumkin edi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 221

"Shaxtyor" jamoasining sobiq bosh murabbiyi, hozirda Kievning «Dinamo» klubi ustozi bo'lib ishlayotgan Mirchi Luchesku «Bavariya» hujumchisi Robert Lewandovski bir vaqtlar «Shaxtyor» jamoasiga o'tishi mumkin ekanligi haqida gapirdi. «Shaxtyor» Levandovski bilan shartnoma imzolamoqchi bo'lgan birinchi chet el jamoasi edi. Biz Robertning ajoyib futbolchi ekanligini darhol angladik. Uni «Borussiya» ga o'tib ketishidan oldin, sotib olish uchun juda ko'p harakat qilganmiz. Ammo futbolchi Germaniyaga ketishni xohlagan.
Levandovskining «Shaxtyor»ga o'tmasligi bilan bog'liq boshqa muammolar bo'lmagan. Boshqa tomondan, u «Shaxtyor»ga o'tmagandan so'ng, biz Braziliyadan xalqaro darajaga ko'tarilgan ko'plab ajoyib futbolchilarni tarbiyaladik. Bu borada menda faxrlanadigan ko'p narsalar bor", - deya Lucheskuning so'zlarini keltiradi Sportowe Fakty
Eslatib o'tamiz, Levandovski "Borussiya D"ga 2010 - yilning yozida "Lex"dan ko'chib o'tgan edi. "Arilar" ushbu transfer uchun taxminan 5 million evro to'lagan.

Bosh sahifaga
242