Azizjon G'aniev muvaffaqiyatli operatsiya qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 177

BAAning "Shabab al-Ahli" yarim himoyachisi Aziz G'aniev bugun muvaffaqiyatli operatsiya qilindi.
Jarrohlik amaliyoti Dubay shahrining "Al-Madina" shifoxonasida o'tkazildi. Operatsiyani xirurglar — Said al-Faysaliy va Ali al-Balushiy o'tkazishdi. Bu haqda "Shabab al-Ahli" matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Eslatib o'tamiz, Aziz G'anievning o'ng oyoq tizza bo'g'ini old xochsimon boylami uzilib ketgandi.
O'zbekistonlik futbolchi rejadagidek davo va reabilitatsiya muolajalarini olganidan so'ng 6 oy davomida safga qaytishi kutilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
317