Ikrom Aliboev Myunxenda operatsiya qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 256

Janubiy Koreyaning "Seul" klubi yarim himoyachisi Ikrom Aliboev bugun operatsiya qilindi. Bu haqda o'zbekistonlik futbolchining o'zi Tvitter orqali xabar tarqatdi.
"Bugun meni operatsiya qilishdi. Etti oy davom etgan qiyinchilik ortda qoldi, deb umid qilaman. Endi barchasini boshqatdan boshlashni istayman. Inshaalloh, tez orada maydonga qaytaman", — deya yozdi Aliboev.
Avvalroq Ikrom Aliboevni anchadan beri bezovta qilib, jamoasida muqim o'ynashiga bermayotgan chov sohasidagi og'riqqa sabab bo'layotgan omilni bartaraf etishning so'nggi chorasi sifatida jarrohlik amaliyoti o'tkazilishi haqida xabar berib o'tgan edik. Yarim himoyachi operatsiya bilan bog'liq barcha xarajatlarni o'z hisobidan qopladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
307