Flikning EChLdagi mag'lubiyatsiz seriyasi 15ta o'yinga etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 170

"Bavariya" Evropa chempionlar ligasining nimchorak final bosqichida "Latsio" klubi mehmoni bo'lib, yirik hisobda g'alaba qozondi.
Myunxenliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik uchun Chempionlar ligasidagi mag'lubiyatsiz o'yinlar seriyasi 15ta uchrashuvga etdi (14 g'alaba, bir durang). Germaniyalik mutaxassis "Bavariya"ni qabul qilib olganidan buyon EChLda hali biror marta yutqazmadi.
Bu esa Chempionlar ligasidagi debyut qilgan murabbiylar orasida mag'lubiyatsiz seriya borasidagi ikkinchi ko'rsatkich hisoblanadi. Hozircha ushbu rekord Lui van Galga tegishli bo'lib, niderlandiyalik mutaxassis "Ayaks" bilan ketma-ket 19ta o'yinda yutqazmagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
238