Odil Ahmedov to'p tepadigan Xitoy klubi tarqatib yuborilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 251

Xitoyning «Tyantszin Taygers» (sobiq «Tyantszin Teda») klubi bankrotlik yoqasida turibdi. Bu haqda Xitoy matbuotiga tayanib Titan Sports Plus xabar qilmoqda.
Klubga 1998 yildan buyon egalik qilib kelgan Teda kompaniyasi futbolga ortiq pul ajratmoqchi emas. Shuningdek, mahalliy hukumat ham klub faoliyatini qo'llab-quvvatlashga qiziqish bildirmayapti.
Katta ehtimol bilan klub tarqatib yuboriladi, deyiladi xabarda.
Eslatib o'tamiz, ushbu jamoada O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov to'p suradi.
«Tyantszin Taygers» 2020 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra Xitoy Superligasida jon saqlab qolgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
199