«Stranja». Kecha besh bokschimiz g'alaba qozondi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 157

Bolgariyada bo'lib o'tayotgan boks bo'yicha an'anaviy "Stranja" musobaqasida kecha ikkinchi kun janglari o'tkazildi. Unda o'zbekistonlik 4 nafar erkak va 3 nafar ayol sportchilarimiz ringga ko'tarilishdi.
Erkaklarning barchasi g'alaba qozonishgan bo'lsa, qizlarimizdan faqat bir nafari chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Erkaklar
-57 kg: Miraziz Mirzaxalilov - Artur Gazaryan (Armaniston) 4:1
-63 kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev - Samatali Toltaev (Qozog'iston) 5:0
-69 kg: Bobousmon Baturov - Patriot Bexami (Kosovo) 5:0
- 81 kg. Dilshod Ro'zmetov - Ambarjum Akobyan (Armaniston) - 5:0
Ayollar
- 51 kg. Tursunoy Rahimova - Tove Lundberg (Shvetsiya) - 5:0
- 57 kg. Yodgoroy Mirzaeva - Mixaela Valsh (Irlandiya) - 0:5
-75 kg Mavluda Mavlonova - Nadejda Ryabets (Qozog'iston) 2:3

Bosh sahifaga
266