Ro'ziqul Berdiev muvaffaqiyatli operatsiya qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 165

Ertangi kunga rejalashtirilgan "makro & mini football" bahsi oldidan bugun kechki tomon MTJning kichik mashg'uloti tugagach, bir guruhimiz "Nasaf" ustozi Ro'ziqul Berdievdan xabar olish maqsadida kuni kecha tizza bo'g'inida (shogirdi Aziz G'anievda kutilayotgan) jarrohlik amaliyotini o'tkazgan murabbiy yotgan klinikaga bordik.
"Xudoga shukr, hammasi yaxshi o'tdi, 3-4 kunda uyga qaytaman", - odatiy tabassum ila dedi Ro'ziqul aka. Biroz suhbatlashdik, so'ngra portugaliyalik bosh murabbiyimiz nomidan u berib yuborgan loviya sho'rvani qoldirib, murabbiyni ko'p urintirmaslik uchun, tezroq sog'ayishlarini tilab xayrlashdik.
"Nasaf" ustozining tezroq oyoqqa turib, jamoaga bosh bo'lib yurishlariga tilakdoshmiz.
Abror Pirriev
O'zbekiston milliy jamoasi va "Lokomotiv" klubi shifokori.

Bosh sahifaga
270