«Real» yozda 3 futbolchining bepul ketishiga ruxsat beradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 480

«Real» yozgi transfer paytida tarkibda tozalash ishlarini olib bormoqchi. Madridliklar rahbariyati uch nafar futbolchiga jamoani tark etishga ruxsat beradi. Bu haqda "ABC" nashri xabar tarqatdi.
«Madrid»ni Isko, Marselo va Garet Beyl tark etishi mumkin. Uchala futbolchining klub bilan shartnomasi 2022 yilning iyun oyiga qadar tuzilgan.
Ushbu futbolchilar o'zlariga boshqa klub topishsa, «qaymoqranglilar» ularning jamoani tark etishiga to'sqinlik qilmaydi. Ular hozir "Qirollik klubi" safida katta maosh olishadi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yillarda Marseloga «Yuventus» klubi qiziqish bildirgandi. Beyl esa hozirda ijara asosida «Tottenxem»da o'ynamoqda. Iskoning xizmatlariga «Sevilya» qiziqmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
211