«Stranja-2021». Bolgariyadagi musobaqa o'zbek bokschilari uchun muvaffaqiyatli boshlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 162

Bugun Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasida xalqaro an'anaviy "Stranja" kubogi boshlandi.
Musobaqada o'zbekistonlik charm qo'lqop ustalari ishtirok etishlari haqida avvalroq xabar berib o'tgandi.
Kecha kun davomida to'rt nafar bokschimiz jang qildi. Quvonarlisi, birinchi kun yakuniga ko'ra, barcha bokschimiz musobaqani g'alaba bilan boshladi:
Erkaklar:
-63 kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev - Jorj Beyts (Irlandiya) - 5:0
-52 kg: Shahobiddin Zoirov - Dimitro Zamotaev (Ukraina) - 4:1
Ayollar:
-57 kg: Yodgoroy Mirzaeva - Jusilen Romeu (Braziliya) - 4:0
-69 kg: Navbahor Hamidova - Lalita (Hindiston) - 5:0
O'zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
257