«Yuventus» Morataning ijarasi borasida qaror qabul qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 230

«Yuventus» hujumchi Alvaro Moratani kelasi mavsumda ham jamoada olib qolishni rejalashtirmoqda.
O'tgan yilning sentyabr oyida Turin klubi ispaniyalikni «Atletiko»dan 10 million evro evaziga, bir yilga ijaraga olgan edi. Endi «byankoneri» rahbariyati xuddi shuncha summa bilan ijarani yana bir mavsumga uzaytirish to'g'risida«matraschilar» bilan kelishib olmoqchi.
Shuningdek, 2022 yil iyun oyida hujumchini 35 million evroga sotib olish masalasini ham ko'rib chiqish niyatida.
Qayd etish joiz, Morata ushbu mavsum A Seriya doirasida «Yuventus» bilan 17 uchrashuv o'tkazib, 4 golga mualliflik qilgan.
Manba: GoalFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
173