Boks bo'yicha Osiyo chempioni Go'zal Ismatova 25 yoshida vafot etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 199

Boks bo'yicha ayollar o'rtasidagi Osiyo chempionati g'olibi, ko'p karra O'zbekiston chempioni Go'zal Ismatova 25 yoshida vafot etdi. Bu haqda O'zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati ma'lum qildi.
Ma'lum bo'lishicha, Ismatova saraton xastaligi tufayli olamdan ko'z yumgan.
Go'zal Ismatova — 1996 yil 3 yanvarida Jizzax viloyatining Zomin tumanida tug'ilgan. Og'ir vazn (+81 kg) toifasida ringga chiqqan sportchi 2014—2017 yillar davomida O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritgan. Shuningdek, u 2017 yilgi Osiyo chempionati g'olibi hisoblanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
192