Chernogoriyada yosh bokschilarimiz umumjamoa hisobida birinchi bo'lishdi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 158

Xabar berganimizdek, o'tgan haftada Chernogoriya davlatida boks bo'yicha 2002-2003 yillarda tug'ilgan yoshlar o'rtasida “Adriatic Pearl” xalqaro turniri o'tkazildi. Quvonarlisi, kecha o'z yakuniga etgan ushbu musobaqada O'zbekiston yoshlar terma jamoasi a'zolari muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.
Musobaqa yakuniga ko'ra, yosh yigit-qizlarimiz 5ta oltin, 3ta kumush va 7ta bronza, jami 15ta medalga sazovor bo'lishdi. Ushbu natija orqali O'zbekiston terma jamoasi “Adriatic Pearl” xalqaro turnirida norasmiy umumjamoa hisobida 1-o'rinni qo'lga kiritdi.
Quyidagi yosh bokschilarimiz yurtimizga medal bilan qaytishmoqda:
Oltin:
-49 kg: Ibrohim Ishjanov
-91 kg: Amirshoh Samadov
+91 kg: Jahongir Zokirov
Kumush:
-52 kg: Shahzod Muzaffarov
-56 kg: Dilshod Abdumurodov
Bronza:
-60 kg: Aydos Tagaybaev
-69 kg: Sirojiddin Xojakmetov
-81 kg: Shohjahon Abdullaev
Qizlar:
Oltin:
-48 kg: Farzona Fozilova
-57 kg: Nigina O'ktamova
Kumush:
-51 kg: Sabina Bobokulova
Bronza:
-51 kg: Feruza Kazakova
-64 kg: Gulshoda Istamova.
-69 kg: Sevinchxon Mirxonjonova
-75 kg: Sohiba Ro'zmetova
Biz ushbu muvaffaqiyat bilan yosh bokschilarimiz hamda O'zbekiston boks federatsiyasini muborakbod etamiz. So'nggi kunlarda erishilgan yorqin g'alabalar o'zbek boksining ertasi ishonchli qo'llarda ekanligini yana bir bora ko'rsatdi.

Bosh sahifaga
195