So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Real» rahbariyati jarohatlar ko'payib ketgani bois ichki surishtiruv boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 417
«Real» rahbariyati jamoa futbolchilarining muntazam jarohat olayotganidan jiddiy xavotirga tushmoqda.
2020/21 yilgi mavsum davomida «Real»da umumiy miqdorda 41 ta jarohat kuzatilgan, 20 nafar futbolchi jabrlangan. Bu La Ligadagi eng yuqori ko'rsatkich hisoblanadi. Jarohatlanganlar umumiy miqdorda 823 kuni va 146 ta o'yinni o'tkazib yuborgan.
«Real»ning chempionlik poygasidagi raqiblari «Atletiko»da joriy mavsum bor-yo'g'i 16 ta jarohat kuzatilgan, «Barselona»da esa — 25 ta.
Bunday yuqori ko'rsatkich «Real» rahbariyatini jamoa ichida surishtiruv amalga oshirishga majbur qilgan, deya xabar qilmoqda Marca.
Joriy mavsum «Real»da kuzatilayotgan jarohatlarning 30 tasi mushaklar shikastlanishi bilan bog'liq. Bunda ko'pincha jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy javobgar bo'ladi. Qizig'i, Grigori Dyupon madridliklar klubining fitnes-murabbiyi etib tayinlangach, jamoaning muammolari ham boshlandi. Frantsiyalik mutaxassis «Real»da Zinedin Zidan bilan uch yil birga ishlagan Antonio Pintusni almashtirgandi.
Biroq Dyupon kelganidan keyingi ilk mavsumoldi yig'inidayoq muammo yuzaga keldi: jamoaning olti futbolchi mavsum startini o'tkazib yubordi. Mutaxassis mashg'ulotlarda futbolchilarga juda og'ir yuklamalar berishi ma'lum.