Bokschilarimiz “Stranja” turniga uchib ketishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 152

Boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasining asosiy tarkib vakillari har yili Bolgariyada o'tkaziladigan “Stranja” xalqaro turnirida ishtirok etish uchun bugun tongda Sofiyaga uchib ketishdi.
Ushbu musobaqada Shahobiddin Zoirov, Mirazizbek Mirzahalilov, Bahodir Jalolov, Bobousmon Baturov, Dilshod Ro'zmetov singari etakchi vakillarimiz qatori Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev singari yosh iqtidorli bokschilarimiz ham yurtimiz sharafini himoya qilishadi. Musobaqaga yo'l olgan to'liq tarkibimiz esa quyidagicha:
Erkaklar:
-52 kg: Shahobiddin Zoirov
-57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov
-63 kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev
-69 kg: Bobousmon Baturov
-81 kg: Dilshod Ro'zmetov
+91 kg: Bahodir Jalolov
Murabbiylar: Rahmatjon Ro'zioxunov, To'lqin Qilichev, Bahodir Erkaev, Farrux Qilichev.
Ayollar:
-51 kg: Tursunoy Rahimova
-57 kg: Yodgoroy Mirzaeva
-60 kg: Rayhona Qodirova
-69 kg: Navbahor Hamidova
-75 kg: Mavluda Mavlonova
Murabbiylar: Lochin Qo'chqorov, Elshod Rasulov.
Shifokor: Dilshod Kazakov.
Hamyurtimiz Alisher Polvonov bahslarda referi sifatida ishlaydi.
Musobaqa 23-27 fevral kunlari o'tkaziladi.
Manba: olympic.uz
Bosh sahifaga
174