"Mersisayd derbisi"da "Everton" "Liverpul"dan ustun keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 176

Angliya chempionatinig 25-turidan o'rin olgan markaziy uchrashuv "Enfild" o'yingoxida bo'lib o'tdi.
Unda, "Everton" jamoasi "Liverpul" ustidan 2:0 xisobidagi, ishonchli g'alaga erishdi. Birinchi bo'limning dastlabki daqiqalari va ikkinchi taymning ohirlarida maydon egalari darvozasiga kiritilgan gollar, bugun raqibiga tengma-teng kurash taklif etgan mehmonlarning g'alabasini taminladi.
Yakunda hisob 0:2 va bu safar "Liverpul"ni o'zining hamshahari ranjitdi. Ushbu natijadan so'ng, ikkala jamoa ham bir xil, 40 ochkoga ega bo'lib turibdi. Faqatgina to'plar nisbatidagi tafovut evaziga "Liverpul" oltinchi, "Everton" esa ettinchi pog'onadan joy olgan.
"Liverpul" – "Everton" 0:2 (0:1, 0:1) «Enfild»
Gollar: 0:1 – 3 Risharlison, 0:2 – 83, penalti Sigurdsson.
"Liverpul" – Alisson, Kabak, Aleksander-Arnold, Robertson, Xenderson (Fillips, 30), Tiago Alkantara (Origi, 87), Djons (Shakiri, 63), Mane, Veynaldum, Salax, Firmino.
"Everton" – Pikford, Xolgeyt, Koulmen, Godfri, Din, Xames (Kelvert-Lyuin, 62), Andre Gomesh (Sigurdsson, 59), Devis, Dukure, Kin, Risharlison (Ivobi, 86).
Ogohlantirishlar:
Andre Gomesh (41), Kabak (45), Mane (67).

Bosh sahifaga
274