So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Gvardiola: «Allaqachon hammasini hal qildik deb hisoblamayman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola APL doirasida «Arsenal» bilan o'yin oldidan jamoaning holati haqida gapirdi.
"Agar biz g'alaba uchun jiddiy kurashmasak, mag'lub bo'lishimiz mumkin. Doim g'alaba qozonib, 3 ochkoni qo'lga kiritish o'zimizga bo'lgan ishonchimizni oshiradi. Har qanday holatda ham men xotirjamlikka berilmayman va biz allaqachon hammasini hal qilganmiz deb hisoblamayman.
Bundan ham yaxshiroq bo'lish uchun imkoniyat mavjud va biz bunga intilishimiz kerak. Men yaxshi g'alabali seriyamiz (ketma-ket 17 o'yin) borligini da'vo qilmayman. Ta'qibchilarimizdan oldindadirmiz, ammo hisobimizda 56 ochko bor xolos.
Demakki, 10 ochkolik farq etarli emas, bunday vaziyatda siz ikki marta yutqazsangiz, ular sizni quvib etishadi. Ayni paytda ortiqcha xotirjamlikka berilmasdan oldindagi o'yinlar haqida o'ylashimiz kerak. Bu eng yaxshi yondashuv», - dedi Gvardiola.
Manba: Daily Mail