Ikrom Aliboev ham operatsiya qilinadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 158

Yana bir futbolchimiz – Ikrom Aliboev jarrohlik stoliga yotadigan bo'ldi. Uni anchadan beri bezovta qilib, jamoasida muqim o'ynashiga bermayotgan chov sohasidagi og'riqqa sabab bo'layotgan omilni bartaraf etishning so'nggi chorasi operatsiya bo'lib qoldi. Bunday paytda operatsiyani qaerda va kimga qildirish haqida professional futbolchi ming o'lchab bir kesadi. Ikrom ham shunday qildi va u kecha Germaniyaga uchib ketdi.
O'zbekiston milliy jamoasi a'zosining jarrohlik stoliga yotishidan tashqari ko'nglimni xira qilayotgan yana bir jihat: u barcha xarajatlarni o'z cho'ntagidan sarflamoqda: operatsiya, aviachipta va h. Men yurist emasman va Ikromning kontrakti bilan ham tanish emasman, ammo qanday vaziyat bo'lmasin u to'p surayotgan jamoa hamyurtimizning aynan o'yin va mashg'ulotlar mahali orttirgan tibbiy muammosini hal etishda javobgar ekanligi aniq (kuni kecha futbolchilar uyushmasi raisi Kamol Murzoev bilan ham shu masalada fikr almashdik).
Bu borada masalaga oydinlik kiritilar, asosiysi, hamyurtimiz jarrrohlik muolajasini muvaffaqiyatli o'tkazib olsa bo'lgani...
Abror Pirriev
O'zbekiston terma jamoasi shifokori

Bosh sahifaga
309