«Bavariya» to'liq tarkib bilan karantinga olinishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 239

Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichidan o'rin olgan "Bavariya" va "Latsio" jamoalari o'rtasidagi o'yin bekor bo'lish xavfi ostida turibdi.
Ma'lumotlarga qaraganda, klubda koronavirus tarqalishi yuzaga kelgani uchun Myunxen shahri sog'liqni saqlash xizmati xodimlari tekshiruv o'tkazishadi.
Tekshiruv natijasida esa "Bavariya" to'liq tarkib bilan karantinga yuborilishi mumkin. Avvalroq Tomas Myuller va Benjamen Pavarda kasallik aniqlangan edi.
"Bavariya"ni 20 fevral kuni "Ayntraxt", 23 fevral kuni esa "Latsio" qarshi bahslar kutib turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
282