"Arsenal"ning yosh muxlisi: "Futbolchi bo'lishdan qo'rqaman, chunki Ramos oyog'imni sindirishi mumkin" (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 310

Londonning «Arsenal» klubi yangi futbolchisi Martin Edegor «kanonirlar»ning yosh muxlislar bilan suhbatlashdi. Ularning biri Martinga futbolchi bo'lishni xohlamasligini, chunki, «Real» himoyachisi Serxio Ramosga qarshi o'ynashdan qo'rqishini aytdi.
«Katta bo'lsam arxitektor bo'lishni xohlayman. Futbolchi bo'lishni xohlamayman, chunki meni oyog'imni sindirishi mumkin bo'lgan Serxio Ramosga qarshi o'ynashdan qo'rqaman», - dedi yosh muxlis.
«Kanonirlar»ning bir qator muxlislari bu suhbatni hazil deb qabul qilishdi va yosh muxlisga futbolchilik faoliyatini boshlashini maslahat berishdi. Ularning fikricha, «Arsenal» EChLda ishtirok etgunicha Ramos futbolchilik faoliyatini yakunlashini hazilomuz tarzda muhokama qilishdi.

Bosh sahifaga
307