So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Qo'qon-1912» klubi sobiq futbolchilarini sudga berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 145
Xabaringiz bor, “Qo'qon-1912” futbol klubi sobiq legioner futbolchilari — darvozabon Boyan Knejevich hamda Milosh Nikolich bilan yuzaga kelgan muammo tufayli FIFA tomonidan taqiqga uchradi.
Jamoa FIFA talab qilgan 24 871 evro miqdoridagi mablag'ni ko'rsatilgan hisob-raqamga o'tkazib berdi va natijada FIFA jamoaga qo'yilgan taqiqni bekor qildi.
“Qo'qon-1912” jamoasi sobiq futbolchilari Boyan Knejevich hamda Milosh Nikolichni jamoaga keltirgan moliyaviy zararlari va noqonuniy harakatlari uchun sudga berganligini ma'lum qilamiz. Hozirgi kunda klubimiz FIFAning nizolarni hal qilish palatasida bu ishni qaytadan ochdi. Turkiyaning NAZALI yuridik kompaniyasi va advokat janob Anil Dincher “Qo'qon-1912” futbol klubi nomidan yuqoridagi sud ishi bo'yicha vakil bo'lishadi.
Jamoamiz ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari orqali bu ish bo'yicha barcha xabar va yangiliklarni muxlislarimiz hamda OAV xodimlariga taqdim etib boradi.
Eslatib o'tamiz, darvozabon Boyan Knejevich hamda himoyachi Milosh Nikolichlar 2019-yilgi futbol mavsumida uch oy muddat «Qo'qon-1912» sharafini himoya qilishgan edi.