So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Spartak» Oston O'runovni RPL qaydnomasidan chiqarib tashladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 140
Moskvaning «Spartak» klubi o'zbekistonlik yarim himoyachi Oston O'runovni futbol bo'yicha Rossiya Premer Ligasi qaydnomasidan chiqarib tashlandi. Bu haqidagi ma'lumot Premer Liga saytining tegishli qismida paydo bo'ldi.
2020 yilning yozida «qizil-oqlar» safiga qo'shilgan 20 yoshli futbolchi jamoaning asosiy tarkibiga kira olmadi va Rossiya chempionatining 2020/21 yilgi mavsumida 8 ta o'yin o'tkazib, birorta ham gol urmadi.
«Spartak»ning jamoatchilik bilan aloqalar departamenti direktori Anton Fetisovning so'zlariga ko'ra Oston O'runov sport printsiplari, murabbiylar shtabi va klubning birgalikdagi qarori asosida qaydnomadan chiqarilgan.
Avvalroq O'runovga «Rubin» va uning sobiq jamoasi «Ufa» tomonidan qiziqish bildirilayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Qayd etilishicha, «Spartak» yaxshi taklif bo'lgan taqdirda futbolchini sotishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, O'runov 2020 yilning yanvarida «Ufa» futbolchisiga aylangandi va 2019/20 yilgi mavsumda Rossiya Premer Ligasida 10 o'yinda maydonga tushib, 2 ta sariq kartochka oldi. Oston yozgi transfer oynasida «Ufa»dan 1 million evro evaziga poytaxt klubiga o'tdi.