«Neftchi» «JAKO» libosida to'p tepadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111

Ayni kunlarda Toshkent shahrida qizg'in tayyorgarlik ko'rayotgan "Neftchi" futbol klubining joriy yil Pro liga birinchiligida qaysi brend ostidagi liboslardan foydalanishi ma'lum bo'ldi.
O'tgan mavsumda "ADIDAS" brendi ostida harakatlangan jamoa a'zolari, bu yil mashhur sport anjomlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan biri bo'lgan "JAKO" firmasi bilan shartnoma imzoladi va ushbu brend ostidagi liboslardan foydalanadigan bo'ldi.
Jamoa poytaxtdagi yig'indan qaytgach, yangi liboslar taqdimoti futbolchilarning tanishtiruv marosimida tantanali ravishda topshirilishi ko'zda tutilgan.
"Neftchi" FK matbuot xizmati
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
216