So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Nazorat o'yini: AGMK bo'ronli shamol ostidagi o'yinda imkoniyatni boy berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 117
AGMK Antaliyadagi o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasidagi navbatdagi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.
Bu galgi raqib o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra chempionatda bronza medalni qo'lga kiritgan Belarusning "Torpedo Belaz" jamoasi bo'ldi. O'yin noqulay ob-havo, ya'ni kuchli bo'ronli shamol ostida o'tgani jamoalarga qiyinchilik tug'dirdi.
Uchrashuvning 5-daqiqasida Ustinov tomonidan berilgan kuchli zarba shamol yordamida darvozaning yuqori to'qqizligidan joy oldi. Birinchi taym o'rtalariga kelib jamoamiz ustunlikni qo'lga olib, hujumga zo'r berdi. Biroq shamolga qarshi o'ynashga to'g'ri kelgan bahsda futbolchilarimizning o'ylagan rejalari yakunda amalga oshmay qolaverdi. Murod Toshmatov, Sanjar Shoahmedov va Zafar Polvonov qator vaziyatlarda imkoniyatga ega bo'lishdi, lekin yakuniy zarbani berishda ularga aniqlik etishmadi.
Ikkinchi taym o'rtalariga yaqin qator o'zgarishlar ruy berdi. O'yinga jamoamizning Antaliyadagi yig'iniga kecha kelib qo'shilgan ko'rikdagi gollandiyalik vinger, Kabo-Verde terma jamoasi a'zosi Elvin Fortes ham tushirildi. Elvin Fortes qisqa vaqt ichida o'zining yuqori texnika va dribling harakatlari bilan ajralib turdi. Aynan Fortesning faol harakati va jarima maydonchasiga kirishga bo'lgan urinishi chog'ida raqib tomonidan ishlatilgan qo'pollik natijasida jamoamiz uchrashuvning 83-daqiqasida penalti tepish huquqini qo'lga kiritdi. Rahmonov esa nuqtadan adashmadi va o'yinda muvozanatni tikladi.
Lekin bahs tugashiga 2 daqiqa qolganida "Torpedo Belaz" jamoasi burchak zarbasidan keyin jarima maydonchasi ichida yuzaga kelgan pala-partishlikdan foydalanib, g'alaba to'pini kiritishga muvaffaq bo'ldi.
Shu tariqa kuchli shamol ostida kechgan bahsda jamoamiz "Torpedo Belaz"ga imkoniyatni boy berdi.
Uchrashuvda Shohruh Gadoev, Aleksandr Kasyan jarohatlari bois ishtirok etishmadi. Husniddin G'ofurov va Botirali Ergashev milliy terma jamoa yig'inida bo'lib turishibdi va ular ertaga jamoaga qo'shilishi rejalashtirilgan. Bugundan e'tiboran Antaliyaga kelgan jamoamizning yangi a'zosi Vladimir Kozak ertadan mashg'ulotlarni boshlaydi.
Nazorat o'yini.
17 fevral, chorshanba.
Antaliya, "Eko Dizayn sport kompleksi".
"Torpedo Belaz" - AGMK 2:1
Gollar: Ustinov (5), Odeoibo (87) - Sardor Rahmonov (84-penalti)
"Torpedo Belaz" — Aleksey Kozlov, Vitaliy Ustinov, Igor Burko, Dmitriy Yashin, Alan Aussi, Andrey Xachaturyan, Nikita Nikolaevich, Velozu Lipe, Yuriy Gabovda, Aleksey Antilevskiy, Dmitriy Antilevskiy.
AGMK — Suhrob Sultonov - Mirg'iyos Sulaymonov, Abbos Otaxonov, Sardor Rahmonov, Akrom Komilov - Yovan Jokich, Mirjamol Qosimov, Sanjar Shoahmedov - Sanjar Tursunov, Zafar Polvonov, Murod Toshmatov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Dilshod Ahmadaliev, Boburbek Yo'ldoshev, Jasur Umarov, Sarvar Ablaev, Sheroz Jalolov, Dilshod Jo'raev, Elvin Fortes, Kamron Abdulhamidov.