So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
EChLda g'oliblik uchun kimning imkoniyati yuqori?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 169
Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida bo'lib o'tgan "Barselona" va "PSJ" jamoalari o'rtasidagi o'yinda parijliklar yirik hisobda g'alaba qozonishdi.
Turli sport musobaqalarini bashorat qilish bilan shug'ullanadigan "FiveThirtyEight" portali mazkur o'yingacha "Barsa"ning EChLdagi g'oliblik uchun imkoniyatlarini 13%ga baholayotgan bo'lsa, endi ularning imkoniyati 1 foizga tushib ketdi.
"FiveThirtyEight" chempionlik uchun "Manchester Siti" klubining imkoniyatlarini eng yuqori baholagan bo'lsa (39%), "Liverpul" (12%) va "Bavariya" (11%) klublari bu borada keyingi o'rinlarni egallashgan.
Deyarli chorak final yo'llanmasini hal qilgan "PSJ"ning imkoniyatlari 3 foizdan 7 foizga ko'tarildi.
"FiveThirtyEight" versiyasi bo'yicha g'oliblikka da'vogar klublarning imkoniyatlari:
1. Manchester Siti - 39%
2.Liverpul - 12%
3. Bavariya - 11%
4. PSJ - 7%
5. Real Madrid - 6%
6. Chelsi - 5%
7. Yuventus - 5%
8. Atletiko - 3%