Shomurodovning agenti uning maoshi to'g'risida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 236

Hamyurtimiz Eldor Shomurodov «Jenoa»da qancha maosh olishi haqida uning agenti Tkachenko gapirib o'tdi.
«Italiyaga yo'l olish Eldor uchun nafaqat karera bilan bog'liq yutuq, balki juda katta moliyaviy imkoniyatlarni ham ochib berdi. Garchi u buni aytishni xohlamasada bu fakt.
Eldor bu erda "Rostov"da yurgan paytlaridan ko'ra 5-6 barobar ko'proq maosh olyapti. Hozircha uning maoshi rus klublaridan transfer bo'lganlar ichida faqatgina Kokorinnikidan kamroq bo'lishi mumkin. Ammo, menda bu borada aniq ma'lumot mavjud emas. Ularni solishtirishni xohlamayman», - deydi agent.
Ma'lumot uchun, Eldor joriy mavsum 15 ta o'yinda maydonga tushib 2 gol va 2 assistni qayd etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
237