Saloh «Leyptsig» — «Liverpul» uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1755

16 fevral, seshanba kuni Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida «RB Leyptsig» va «Liverpul» jamoalari o'rtasidagi dastlabki o'yin bo'lib o'tdi.
Budapeshtdagi «Pushkash Arena» stadionida bo'lib o'tgan mazkur bahsda mersisaydliklar 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi.
Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sifatida "Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh tan olindi. Bahsni asosiy tarkibda boshlagan 28 yoshli futbolchi 53-daqiqada hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi.
Misrlik futbolchi uchun ushbu gol "Liverpul" safida barcha musobaqalar doirasidagi 24-gol bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
243